Ispaniyada Husniddin Atoning foto ko`rgazmasi ochildi

Madaniyat 18.10.2019, 16:32
Teglar: Husniddin Ato, ko`rgazma
Ispaniyada Husniddin Atoning foto ko`rgazmasi ochildi

Ispaniyaning Toledo shahrida o`zbekistonlik fotorassom Xusniddin Atoning ko`rgazmasi ochildi.

16 oktyabr kuni Ispaniyaning Toledo shahridagi Kastiliya La Mancha Universitetida «O`zbekiston Buyuk Ipak Yo`li markazida» deb nomlangan taqdimot bo`lib o`tdi, deya xabar qildi Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati.

Tadbir ochilishida SDChTI o`qituvchilari O`tkir Burxonov hamda Lola Sharopova O`zbekiston madaniyati, tarixi, an`analari haqida, shuningdek, ushbu ikki oliygoh o`rtasida bugungi kundagi va kelgusidagi hamkorlik aloqalari to`g`risida taqdimotlarini namoyish etdi.

Taqdimotdan so`ng esa mehmonlar o`zbekistonlik fotorassom, O`zbekiston Badiiy akademiyasi a`zosi Husniddin Atoning «O`zbekiston Buyuk Ipak Yo`li markazida» nomi shaxsiy foto ko`rgazmasiga taklif etildi.

Ko`rgazmadan fotosuratlarda ijodkorning o`zbek urf-odatlari, an`analari, san`ati va xalq turmush tarzi aks etgan. Ko`rgazma 28 oktyabrga qadar davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1