AsosiyJamiyat

Toshkentda birinchi bor Butunjahon oziq-ovqat kuni nishonlandi

'Toshkentda birinchi bor Butunjahon oziq-ovqat kuni nishonlandi'ning rasmi

Toshkentda birinchi bor Butunjahon oziq-ovqat kuni nishonlandi.

Ekspertlar ta`kidiga ko`ra, ko`proq mavsumiy meva va sabzavotlarni iste`mol qilish va nosog`lom oziq-ovqat iste`molini kamaytirish BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining dunyo bo`ylab «nol darajadagi ochlik» maqsadiga erishishda juda muhim omildir.

17 oktyabr kuni poytaxtda 30 dan oshiq tashkilotlar, ilmiy markazlar vakillari va Toshkent Davlat agrar universiteti studentlari ishtirokida Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag`ishlangan «Sog`lom ovqatlanish: kelajagimiz o`z qo`limizda» shiori doirasida bo`lib o`tgan tadbirda sog`lom ovqatlanishning inson salomatligiga ta`siri masalalari muhokama qilindi.

Tadbir Qishloq xo`jaligi vazirligi, Agrar universiteti hamda Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO)ning O`zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida bo`lib o`tdi.

Yillar davomida dunyo mamlakatlari ochlikka qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonganiga qaramasdan, FAO ma`lumotlariga ko`ra 800 milliondan ortiq odam to`yib ovqatlanmaydi. Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi masalalari nafaqat uning miqdori, balki iste`mol qilinadigan taomning sifatini ham o`z ichiga qamrab oldi. Noto`g`ri ovqatlanish va uning inson sog`lig`iga zarari dunyoning barcha mamlakatlarida muammo darajasiga ko`tarilmoqda.

Nimalar qilish zarur?

Bugungi kunda yuqori hosil beruvchi asosiy ekinlar fermer dalasidan tortib to dasturxonimizgacha bo`lgan oziq-ovqat tizimimizda afzal ko`riladi. Intensiv ishlab chiqarish nafaqat bizning oziq-ovqat rasionimizga, balki o`zgarayotgan iqlim ta`siri bilan birgalikda tabiatdagi bio-xilmaxillikning ham yo`qolishiga olib keladi.

Dunyoda insoniyat iste`moliga yaroqli 6000 dan ortiq o`simlik turi bo`lsa, ayni damda etishtirilayotgan o`simliklarning atigi 9 turi umumiy ekinlarning 66 foizini tashkil qiladi. Yashash uchun zarur bo`lgan kaloriyalarni esa biz asosan bug`doy, makkajo`xori va guruchdan olamiz.

Oziq-ovqatning xilma-xilligi, arzonligi sog`lom ovqatlanish va atrof-muhitni asrashda katta ahamiyat kasb etadi.

Tadbir doirasida qishloq xo`jaligi mahsulotlari, sog`lom ovqatlanish va agrolandshaftlarga bag`ishlangan foto ko`rgazma tashkil etildi hamda Qishloq ho`jaligi vazirligi va FAO vakolatxonasi tomonidan e`lon qilingan fotosuratlar tanlovi g`oliblari taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar