1

Eronning O`zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Siyosat 21.10.2019, 13:56
Eronning O`zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

2019 yilning 21 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Hamid Naerobodiyni qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini nusxasini topshirish marosimidan so`ng bo`lib o`tgan suhbat chog`ida hozirgi vaqtda O`zbekiston va Eron o`rtasida tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo`naltirilgan konstruktiv va dinamik munosabatlar qaror topgani ta`kidlandi.

Savdo-iqtisodiy, investisiya, transport-kommunikasiya va turizm tarmoqlaridagi hamkorlikni faollashtirish, Toshkent va Tehron o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovni ochish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Vazir Elchiga uning yuqori va mas`uliyatli lavozimdagi faoliyatiga omad tiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1