AsosiyDunyo

2014 yilda dunyodagi qochoqlar soni 46,3 million nafarga etdi

BMTning qochoqlar muammosi bilan shug`ullanuvchi bo`limi 2014 yil davomida dunyo bo`yicha 46,3 million kishi qochqinga aylanganini ma`lum qildi. Bu esa rekord ko`rsatkich hisoblanadi. Bu haqda tashkilot ma`lumotiga asoslangan «RIA Novosti» agentligiga tayanib, «Kun.uz» xabar bermoqda.

«2014 yilgi hisob-kitoblarga ko`ra, dunyo bo`yicha o`z uyini tashlab ketishga majbur bo`lganlar soni misli ko`rilmagan darajada o`sgan», — dedi BMTning qochoqlar ishi bo`yicha komissari Antoniu Guterresh.

Ushbu miqdorning o`sishiga asosiy sabab sifatida Yaqin Sharq va Afrikadagi harbiy mojarolar keltirib o`tiladi.

Shuningdek, BMT ma`lumotida 2015 yilda bu qochoqlarga yordam uchun 16 milliard dollar talab qilinishi qayd etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar