1

Tanzila Norboeva Yaponiyaning yangi Imperatori Naruxitoning taxtga o`tirishi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etmoqda

Siyosat 22.10.2019, 16:08
Tanzila Norboeva Yaponiyaning yangi Imperatori Naruxitoning taxtga o`tirishi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etmoqda

Yaponiya hukumati taklifiga binoan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norbaeva boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Yaponiyaning yangi Imperatori Naruxitoning taxtga o`tirishi munosabati bilan tantanali tadbirda ishtirok etmoqda.

Bugun Imperator Naruxito rasman taxtga o`tirdi. Taxtga o`tirish marosimi Tokioda o`tkazildi.

Tantanali tadbir Imperatorning  muhtasham saroyida bo`lib o`tdi. Unda qariyb 2 ming nafar mehmon, shu jumladan 180 ta mamlakatning davlat rahbarlari va vakillaridan iborat 400 kishi, shuningdek Yaponiya Bosh vaziri, mamlakat parlamenti ikkala palatasi rahbarlari ishtirok etdi.

Yangi imperator taxtga o`tirishi bilan Yaponiyada yangi “Reyva” – Go`zal Uyg`unlik erasi boshlandi. Yaponiyada imperator mamlakat va xalq jipsligi ramzi hisoblanadi, uning maqomi esa xalq xohish-irodasi bilan belgilanadi.

O`zbekiston Respublikasi delegasiyasining Yaponiyaga tashrifi davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1