AsosiySport

Hamyurtimiz tosh ko`tarish bo`yicha Rossiyada rekord o`rnatdi

'Hamyurtimiz tosh ko`tarish bo`yicha Rossiyada rekord o`rnatdi'ning rasmi

Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o`tkazilgan “Oltin yo`lbars” xalqaro festivalida o`zbekistonlik Anton Starostin tosh ko`tarish bo`yicha 2 ta yo`nalishda mutlaq birinchilikni qo`lga kiritdi va jahon rekordini o`rnatdi.

Xususan, u 4 – 6 oktyabr kunlari oralig`ida o`tgan musobaqada Rossiya xalq tosh ko`tarish mashqi yo`nalishida 57,5 kglik toshni 333 marta to`xtovsiz ko`targan bo`lsa, ruscha yo`nalishda 55 kglik toshni to`xtovsiz 404 marta ko`tarib, jahon rekordini o`rnatdi.

Qayd etish lozim, Rossiya xalq tosh ko`tarish mashqi pauerliftingning yangi yo`nalishi bo`lib, unda sportchi o`z vazniga teng toshni to`xtovsiz ravishda ko`taradi. Ruscha yo`nalishda esa xalq mashqi kabi toshni to`xtovsiz bir necha marotaba ko`tarishga asoslanadi.

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sportchini mazkur g`alaba bilan tabriklaydi va kelgusida unga muvaffaqiyat tilaydi.

    Boshqa yangiliklar