1

Prezident aholiga qulayliklarni oshirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi

Siyosat 24.10.2019, 16:39
Prezident aholiga qulayliklarni oshirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev 24 oktyabr kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo`nalishida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Shahar aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida poytaxtimizda yangi transport bog`lamalari, metroning erosti va erusti yo`nalishlari barpo etilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining 2016 yil 7 noyabrdagi qaroriga muvofiq, metropolitenning Yunusobod yo`nalishi ikkinchi bosqichi barpo etilmoqda. 

Ob`ektning umumiy qiymati 103,8 million dollar bo`lib, qurilish boshlanganidan buyon 67,5 million dollarlik ishlar bajirilgan. «Shahriston» bekatidan qariyb 3 kilometr yo`l tortilib, ikkita yangi stansiya qurilgan. Tunnelning o`ng qismi to`liq burg`ilanib, temir-beton bilan mustahkamlangan. Chap tunnelni burg`ilash, tashqi muhandislik-kommunikasiya tizimlarini ko`chirish ham tez kunlarda yakunlanadi. «Yunusobod» va «Turkiston» metro bekatlarida qurilish-montaj ishlari jadal olib borilmoqda.

Prezident bo`lajak «Turkiston» bekatini ko`zdan kechirib, qurilish sifati va yo`lovchilar uchun qulayligiga alohida e`tibor qaratdi. 

– Bu yo`l va bekatlar xalqimizga xizmat qiladi. Shuning uchun eng muhimi – sifat, – dedi Shavkat Mirziyoev.  

Qurilishga Germaniya texnologiyasi va mutaxassislari jalb etilgan. Sifat va xavfsizlik ham Germaniya standartlariga muvofiq bo`ladi.

Davlatimiz rahbari bu erga o`tgan yilgi tashrifi chog`ida metropoliten va avtobus qatnovlarini optimallashtirish bo`yicha ko`rsatmalar bergan edi.

Hisob-kitoblarga ko`ra, mazkur bosqichning ishga tushirilishi natijasida Yunusobod tumanida qatnaydigan avtobuslar soni va masofasi ancha qisqarib, kuniga 5,5 tonna yoqilg`i iqtisod qilinadi. Yo`lovchilarning manziliga etib olishi 20 daqiqaga tezlashadi.

Umuman olganda, bugungi kunda Toshkent metropolitenidan kuniga 240 ming yo`lovchi foydalanadi. Jami 21 kilometrdan iborat uchta yangi - Yunusobod, Sergeli va Qo`yliq yo`nalishlari qurilishi natijasida yana 150 mingdan ziyod kishi qamrab olinishi rejalashtirilgan. Bu aholiga katta qulaylik yaratish bilan birga ko`chalardagi tirbandlikni bartaraf etishda muhim omil bo`ladi.

- Biz bu ishlarni aholi talabini inobatga olib va kelajakni o`ylab qilyapmiz. Agar bugun qilmasak, shaharda tirbandlik yana ortadi. Jamoat transporti har tomonlama qulay va arzon, avtomashinada yurishdan ko`ra afzal bo`lishi kerak. Bu yo`lovchilar xavfsizligi, shahar ekologiyasi uchun ham juda muhim, - dedi Prezident. 

Shu erda «Buyuk ipak yo`li» metro bekatidan «Toshkent traktor zavodi» avtoshohbekatigacha bo`lgan yangi yo`nalish, Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali loyihalari taqdimoti o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1