1

Prezident davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlashga doir qarorni imzoladi

Siyosat 25.10.2019, 11:38
Prezident davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlashga doir qarorni imzoladi

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori e`lon qilindi.

Unga ko`ra, to`rtta farmon, uchta qaror asosida amalga oshirilayotgan davlat dasturlarni kreditlash bo`yicha uchta bank — AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATBga vakolatli banklar maqomi berildi. 

2020 yil 1 yanvardan boshlab kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining o`zini o`zi band qilishni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari bo`yicha loyihalarni kreditlash ushbu banklar tomonidan amalga oshiriladi. 

O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasiga 2019 yil 1 noyabrga qadar AT Xalq banki ustav kapitalini 250 milliard so`mga, “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitalini 170 milliard so`mga va “Agrobank” ATB ustav kapitalini 290 milliard so`mga oshirish uchun mablag`lar ajratish vazifasi belgilab berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1