Suv tejovchi texnologiyalarni qo`llaganlarga subsidiyalar taqdim etiladi

Iqtisodiyot 26.10.2019, 17:16
Teglar: subsidiya, texnologiya, suv
Suv tejovchi texnologiyalarni qo`llaganlarga subsidiyalar taqdim etiladi

Qishloq xo`jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag`batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4499-son, 25.10.2019 y.). Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan:

👉 suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo`yicha xarajatlarning bir qismini, shuningdek, ularni xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo`yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun  subsidiyalar taqdim etiladi;

👉 byudjet mablag`larini oluvchilar bilan tuziladigan import shartnomalarini majburiy ekspertizadan o`tkazish va ro`yxatga olish talabi suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish doirasida tuziladigan import shartnomalariga tatbiq etilmaydi;

👉 hosildorligi past bo`lgan erlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi etishtiruvchi qishloq xo`jaligi korxonalarini Davlat byudjeti hisobidan moliyaviy qo`llab-quvvatlash tartibi bekor qilinadi.

Qarorga ko`ra, shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan:

👉 paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtirish uchun nasos agregatlari va sug`orish quduqlari iste`mol qilgan elektr energiyasi qiymatini Davlat byudjetidan subsidiyalar hisobiga qoplash tartibi faqat suv tejovchi texnologiyalarni joriy etgan ishlab chiqaruvchilarga tatbiq etiladi;

👉 qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv xo`jaligi tashkilotlarining sug`orish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan ekinlarni sug`orishga suv tejovchi texnologiyalarni qo`llash sharti bilan ruxsat etiladi.

Shu bilan birga, qarorga muvofiq, 2020-2030 yillarda suv xo`jaligini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son  Farmoni (https://t.me/huquqiyaxborot/4989) bilan 2019 — 2022 yillar davomida qishloq xo`jaligi erlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning prognoz ko`rsatkichlari tasdiqlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1