AsosiyMadaniyat

Animasiya kuni munosabati bilan matbuot anjumani bo`lib o`tadi

'Animasiya kuni munosabati bilan matbuot anjumani bo`lib o`tadi'ning rasmi

2019 yil 28 oktyabrda Xalqaro animasiya kuni munosabati bilan “O`zbekkino” Milliy agentligida matbuot anjumani o`tkaziladi.  

Unda O`zbekistonda animasiya rivojiga to`siq bo`layotgan omillar va ularning echimlari muhokama qilinadi. Agentlik mutaxassislari, “Multiplikasion filmlar studiyasi” DUK, Davlat san`at va madaniyat instituti hamda Kamoliddin Behzod nomidagi rassomchilik va dizayn instituti vakillari o`zbek milliy animasiyasidagi muammolari masalasida ma`ruza qilishadi.

Anjumanda faxriy mehmon Qozog`iston Respublikasi animatorlar assosiasiyasi rahbari Gali Mirzashev ishtirok etadi.

Tadbir davomida milliy multfilmlar targ`ibotida ommaviy axborot vositalarining roli, milliy multqahramon yaratish istiqbollari: muammolar va echimlar, xususiy animasion studiyalar (“Sinema servis” MChJ, “Futurist”, “Astir”) faoliyati muhokama qilinadi.  

Matbuot anjumani so`nggida milliy multfilmlarni rivojlantirish, yangi bosqichga ko`tarish bo`yicha “Yo`l xaritasi”ga takliflar tayyorlash yuzasidan Ishchi guruhlarini shakllantirish va yo`nalishlarni belgilashga kelishib olinadi.

         Eslatma: Shu kuni soat 18:00da Xalqaro animasiya kuni munosabati bilan O`zEOVMAning media-xollida bayram tadbiri bo`lib o`tadi. Tadbir doirasida milliy multiplikasiya rivojiga salmoqli hissa  qo`shgan, sohada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan xodimlar rag`batlantiriladi. Taqdirlash marosimidan so`ng xalqaro multiplikasiya hamda o`zbek animasiyasi tarixi haqidagi videoroliklar, yangi ishlangan multfilmlar namoyishi bo`lib o`tadi. 

Tadbirga barcha jurnalist va blogerlar taklif etiladi.

"O`zbekkino" milliy agentligi axborot xizmati

Boshqa yangiliklar