Bugun dunyoda tarixiy sabablarga ko`ra o`z davlatiga ega bo`lmagan xalqlar mavjud. Ularning ba`zilari kelajakda o`z davlatlarini tuzishi mumkin, ayrimlariga esa umid bog`lab bo`lmaydi.
1. Falastinlar
Falastinlarning manzilgohlari Isroil davlati hududining katta qismini egallaydi. Tarixdan ma`lumki, yahudiylar kelib joylashgungacha bo`lgan davrda ham falastinlar aynan shu o`rinda yashagan. Shunday bo`lsa-da, hatto qo`shni arab davlatlari ham ularning o`zligi tan olishmaydi va misrlik yoki suriyalik deb atashadi. Oxirgi genetik tadqiqotlarda esa falastinlar va yahudiylarning genotipida yuqori darajada o`xshashlik borligi ko`rindi. U BMTning ko`plab davlatlariga tanish bo`lsa-da, rasman Falastin davlati mavjud emas.
AQSh, Kanada, Ispaniya, Shvesiya, Norvegiya va shu kabi bir qator davlatlar mustaqil Falastin davlatini tuzishda Isroil bilan to`g`ridan-to`g`ri muzokaralar olib borish va u qo`shni davlatning suverenitetiga daxl etmasligini ta`minlash lozim, deb hisoblaydi. Isroil Falastin hududining katta qismida harbiy nazoratni ushlab turadi.
2. Basklar
Ispaniyaning shimoli-g`arbida va Fransiyaning janubi-g`arbida yashovchi basklar Evropaning eng qadimiy xalqlaridan biridir. Genetik tafsilotlar ispan, portugal, fransuz, ingliz va irlandlarning katta qismining kelib chiqish tag tomirlari zamonaviy basklar bilan tutashganini ko`rsatdi.
Franko diktaturasi davridan so`ng basklar ETA nomi bilan mashhur Euskadi Ta Askatasuna (Baskoniya va Ozodlik) tashkilotini tuzishdi. Haligacha alohida davlat tuzish harakatlari davom etmoqda.
3. Kurdlar
Forsiyzabon xalq kurdlar yashovchi etnojo`g`rofiy hudud Kurdiston hozirgi kunda Turkiya, Suriya, Iroq va Eronning ma`lum qismini qamrab oladi. Butun dunyoda 38 milliondan oshiq kurdlar bor. Qizig`i, 1920 yildagi dunyoviy Arbitraj sudida Kurdiston mustaqil davlat sifatida e`tirof etilgan. Biroq siyosiy sabablar tufayli ularning mustaqilligi qog`ozda qolib ketgan.
Bugun kurdlar orasida “Katta Kurdiston”ni yaratish g`oyasi mavjud. Biroq to`rtta davlatning hududiy prezensiyasi hisobga olinsa, buning imkoni yo`qday ko`rinadi. Kurdistonda ayni kunda kurd tilida 10 ta yo`ldoshli telekanalni uzatuvchi media-xolding ish olib bormoqda.
4. Lo`lilar
Lo`lilar — Evropada yashaydigan etnik guruh bo`lib, bugunda Amerikada ham ularni ko`plab uchratish mumkin. Butun dunyo bo`yicha lo`lilar soni qariyb 10 mln. ni tashkil etadi. Lingvistik va genetik tadqiqotlar lo`lilarning kelib chiqishi Hindistonga borib taqalishini ko`rsatdi. Shuningdek, ularning paydo bo`lishini yahudiylar bilan ham bog`liq bo`lishi mumkin. Lekin ikkita xalq taqqoslanganda, lo`lilarning davlati yo`qligi va yaqin orada bo`lmaslik ehtimoli bu farazni yo`qqa chiqaradi.
1971 yilda Londonda birinchi marta Butundunyo lo`lilar kongressi o`tkazildi va ular o`zlarini hududsiz yagona millat sifatida ko`rsatishdi.
5. Tibetliklar
Tibetliklarning tarixi, madaniyati, tili, dini bor, biroq eng muhimi, o`z davlatlari yo`q. U Xitoy tarkibida. 1949 yilda Xitoy Tibetni imperialistlardan “xalos etganda” u o`z mustaqilligini butunlay qo`ldan chiqardi. Tibet hukumati hozir ham mavjud, biroq u quvg`inda bo`lib, uning shtab-kvartirasi Lobsang Sangada, Hindistonning shimolida joylashgan. Hukumat o`z Konstitusiyasi — Tibetliklar Xartiyasiga ham ega. XIV asrda rad etilgan Dalay-lama — Tibet hokimi va bosh ruhoniysi lavozimi 2011 yildan boshlab tiklandi.
6. Katalonlar
Basklar bilan birga, katalonlar ham Ispan hukumatining og`riqli nuqtasi sanaladi. Boy madaniyat va qadriyatlarga ega xalq mustaqillik haqida baralla gapiradi. Madrid esa Kataloniyadan ajralishni istamaydi. Bundan tashqari bu erda Qirollikning sanoat va port markazlari mavjud.
Kataloniyaning ajralib chiqishga harakatlari Ispaniya Konstitusion sudidan referendum o`tkazishni talab etdi. 2014 yilning noyabrida referendum bilan birga yuridik kuchga ega bo`lmagan so`rovnoma ham o`tkazildi. So`rovdan juda qiziq natijalar kelib chiqdi: 2 mln. ovoz beruvchining 1,6 mlni muzofotning mustaqil bo`lishini istaydi. Referendumda esa boshqacha ko`rsatkichlar kelib chiqdi.
7. Sikxlar
1980 yillar boshida sikx separatistlari harakati qayd etildi. Ular Xalistonni tashkil etishni maqsad etishgan edi. Sikxlar 20 mln.dan oshiq katta xalqdir. Ularning o`ziga xos dini sikxizm ham bor. Separatistlar bir necha teraktlar tashkil etgan, shulardan birida Indira Gandiga qasd etilgan. 1986 yilda separatistlar Xalistanni tashkil etish haqida rasman ma`lum qildi. Ayni kunda hind hukumati ularga diniy avtonomlik bergan.
manba: xabardor.uz