Avvalroq O`zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov rahbarligidagi harbiy delegasiya Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga jo`nab ketgani haqida xabar berilgandi.
Bugun, 29 oktyabr kuni general-mayor Bahodir Qurbonov Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan ikki tomonlama uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, O`zbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralari rahbarlari 2020 yilga mo`ljallangan ikki davlat Mudofaa vazirliklari o`rtasida harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar.
30 oktyabr kuni Boku shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi.
Unda Rossiya Federasiyasi, Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Ozarbayjon, Qirg`iziston, Tojikiston va O`zbekiston Respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.






