1

TIVda O`zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlari bo`lib o`tdi

Siyosat 30.10.2019, 21:08
TIVda O`zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlari bo`lib o`tdi

2019 yilning 30 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O`zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston delegasiyasiga Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Dilshod Axatov, Shveysariya delegasiyasiga esa Tashqi ishlar federal departamenti (vazirligi) Davlat kotibi o`rinbosari Kristina Marti Lang rahbarlik qildi.

Munosabatlarning konstruktiv va o`zaro manfaatli ekanligi hamda bu turli daraja va shakllarda muloqotni kengaytirishga imkon berishi qayd etildi. Istiqbolli qo`shma loyihalar bo`yicha batafsil muzokaralar o`tkazish, aniq va qat`iy kelishuvlarga erishishga mo`ljallangan ikki tomonlama biznes tadbirlar tashkillashtirish uchun delegasiyalar tashriflarini amalga oshirishga tomonlarning tayyorligi ma`lum qilindi.

Muloqot chog`ida parlamentlararo hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shveysariya vakillari, jumladan parlament a`zolari O`zbekistonda 22 dekabr kuni bo`lib o`tadigan parlament sayloviga kuzatuvchi sifatida taklif etildi.

Muzokaralarda ikki tomonlama savdoni diversifikasiya qilish bo`yicha kompleks tadbirlar batafsil tahlil qilindi. O`zbekiston tomoni Shveysariyaga to`qimachilik, oziq-ovqat, kimyo va neft-kimyo, sim-o`tkazgich mahsulotlarini etkazib berish masalasini ko`rib chiqishni taklif qildi.

Uchrashuvda ilmiy va ta`lim almashinuvlarini kengaytirish hamda stajirovkalar tashkil qilish bo`yicha takliflar ko`rib chiqildi.

BMT va uning tuzilmalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Maslahatlashuvlarda Shveysariya Elchisi Olive Shav ishtirok etdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1