AsosiySiyosat

O`zbekistonda Sog`liqni saqlash kodeksi qabul qilinadi

'O`zbekistonda Sog`liqni saqlash kodeksi qabul qilinadi'ning rasmi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi 2020 yilda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqishni taklif qilmoqda. Bu haqda 2019 yilgi Davlat dasturida belgilangan Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirish bo`yicha Komissiyaning 29 oktyabr kuni bo`lib o`tgan majlisida senator Zayniddin Nizomxo`jaev ma`lum qildi, deya xabar bergan «Daryo» muxbiri.

Senatorning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi aholini salomatligini saqlash va tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida quyidagi masalalarni 2020 yilgi Davlat dasturiga kiritish bo`yicha takliflar bergan:

  • tibbiy xizmat sifatini yaxshilash va ko`lamini kengaytirish maqsadida davolash-profilaktika muassasalarini jihozlash, xususiy tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, tibbiyot kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirishda rivojlangan mamlakatlarning oliy ta`lim muassasalarini keng jalb qilish;
  • yaqin qarindoshlar orasida buyrak va jigar bo`lagini transplantasiya qilish tartibi haqidagi vaqtinchalik Nizomga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi qaror loyihasini ishlab chiqish;
  • O`zbekiston Sog`liqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqish;
  • Sog`liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida autsorsing xizmatlarini tashkil qilish to`g`risidagi hukumat qarori loyihasini tayyorlash;
  • O`zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to`g`risidagi qaror loyihasini tayyorlash;
  • investorlarning mablag`lari va xalqaro moliya institutlarnining texnik ko`magi, grantlarini inobatga olib, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, 2020—2024 yillarda farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;
  • Xalqaro talablar bilan shug`ullanadigan O`zbekiston Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • Sog`liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, «Elektron sog`liqni saqlash» tizimini joriy etish uchun davlat-xususiy sherikchiligi konsepsiyasini ishlab chiqish;

Majburiy tibbiy sug`urta jamg`armasini tashkil etish.

Zayniddin Nizomxo`jaevning qo`shimcha qilishicha, ushbu takliflar mas`ullar ishtirokida ishchi guruhlarda izchil o`rganib chiqilib, yakuniy xulosalar hujjat sifatida Prezident adminstarasiyasiga taqdim etilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar