Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin ShHTga a`zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisiga ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o`rinbosari A.Ramatov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Toshkentda 1-2 noyabr kunlari o`tadigan nufuzli anjumanda ShHTga a`zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o`zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Majlisda hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.
Muzokaralar yakuni bo`yicha ShHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.