Hindiston Respublikasi mudofaa vaziri Rajnat Singx ShHTga a`zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri o`rinbosari A.Ikromov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Toshkentda 1-2 noyabr kunlari o`tadigan nufuzli anjumanda ShHTga a`zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o`zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Majlisda hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.