AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Respublikasi Bosh vazirini qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Respublikasi Bosh vazirini qabul qildi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ShHTga a`zo davlatlar Bosh vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg`iz Respublikasi Bosh vaziri Muhammadqaliy Abilg`azievni qabul qildi

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, oliy darajadagi muntazam muloqot ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga ko`tarish va uni amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Muhammadqaliy Abilg`aziev O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekovning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi hamda samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, agrosanoat, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni, shuningdek, chegaraoldi hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi. 

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

    Boshqa yangiliklar