1

O`zbekiston Prezidenti Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosarini qabul qildi

Siyosat 01.11.2019, 20:43
O`zbekiston Prezidenti Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosarini qabul qildi

Bugun, 1 noyabr kuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ShHTga a`zo davlatlar Hukumatlar rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, oliy darajada ochiq hamda ishonchga asoslangan muloqot yo`lga qo`yilgani va bu O`zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yangi darajaga ko`targanini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Rashid Meredov O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi. 

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, energetika, qishloq xo`jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida o`zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi. 

Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish muhim ekani ta`kidlandi.

Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, jumladan, kelgusida ikki va ko`p tomonlama formatda o`tadigan oliy darajadagi tadbirlarni inobatga olgan holda ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1