AsosiySiyosat
3458

Bugun Toshkentda MDHga a`zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari yig`iladi

'Bugun Toshkentda MDHga a`zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari yig`iladi'ning rasmi

Bugun, 7 noyabr kuni Toshkent shahrida MDHga a`zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining navbatdagi 47-yig`ilishi bo`lib o`tadi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati ma`lum qilgan.

Yig`ilish davomida xalqaro terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini ko`rib chiqish, MDH makonida millatlararo va konfessiyalararo nizolar kelib chiqishining oldini olish, transport kommunikasiyalari va iqtisodiyot sohasida xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish ko`zda tutilmoqda.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash doirasida Afg`onistondagi vaziyatni muhokama qilish rejalashtirilgan.

MDH Aksilterror markazi rahbari hamkorlikdagi aksilterror o`quv mashg`ulotlari yakuni bo`yicha hisobot taqdim etadi va Markazning 2020 yilga mo`ljallangan ish rejasini ma`lum qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar