1

“Oltin to`p”ni ololmagan yulduzlar

Sport 15.01.2015, 20:26
“Oltin to`p”ni ololmagan yulduzlar

“Oltin to`p” mukofati nufuzli sovrinlardan biri hisoblanadi. Har yili jahonning eng yaxshi futbolchisiga an`anaviy tarzda topshirilib kelinadi. Uni qo`lga kiritishni esa deyarli barcha futbolchilar istashadi. Biroq bu hammaga ham nasib qilavermasligi kundek ravshan. Quyida e`tiboringizga “Oltin To`p” sovrini laurentlari qatorida o`rin olgan, lekin biror marta ham yutuqqga erishmagan futbolchilar borasida so`z yuritamiz.
Terri Anri
Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi 1998 yili jahon, 2000 yilda esa Evropa chempionligini qo`lga kiritdi. Bundan tashqari, u “Arsenal” safida o`ynagan kezlarida Angliya Premer-ligasini yutdi. Angliya Kubogida esa 2002, 2003 va 2005 yillarda ham g`olib chiqdi. Umuman olganda, bir qator shahsiy sovrinlarni ham o`ziniki qildi. Shunga qaramay, uning “Oltin To`p”ni ololmagani barchani ajablantirgan deyish mumkin. Ko`pchilik Anrini 2006 yilda “Oltin To`p”ni qo`lga kiritishi mumkin, deb atashadi. O`sha yili “Arsenal” klubi bilan Terri Anri Chempionlar ligasining finalida “Barselona”ga imkoniyatni boy berib qo`yadi. Angliya Premer-ligasida esa mavsumni 4-o`rinda tugatadi. Vaziyat boshqacha tus olib, Anri ikkala yutuqni ham qo`lga kiritganida fransiyalik to`purarni “Oltin To`p”ni olishi oydinlashardi. Taqdir ekan, yillar mobaynida jahonning eng kuchli to`purari bo`lgan futbolchi mazkur yutuqni qo`lga kirita olmadi. Nasib qilmasa, qiyin ekan, deganlari shu bo`lsa kerak.

Paolo Maldini
“Milan”ning timsollaridan biri bo`lgan Maldini ham bu ro`yhatdan joy olgan. Futbolchilik davrida jahonning eng zo`r himoyachilaridan biri sifatida e`tirof etilgan Paolo “Milan”da erishishi mumkin bo`lgan barcha musobaqalarda zafar quchdi. E`tiborlisi, “Milan” bilan u Chempionlar ligasini 5 marotaba qo`lga kiritdi. Shuncha yutuqlar va unvonlari bo`lsa-da, Paolo 1994 va 2003 yillarda “Oltin To`p” nomzodlar ro`yhatidan joy oldi. Ikkala holatda ham unga 3-o`rin nasib qildi. U “Oltin to`p”ni olmaganiga qaramay, o`tkazgan faoliyati borasida berilgan savollarga doimo shunday deydi: “Men “Oltin To`p”ni qo`lga kiritmadim. Lekin “Milan” bilan erishgan yutuqlarimni hech qachon unutib bo`lmaydi. Klub tarixida yorqin iz qoldira olganim, “Oltin to`p”dan ham ulkan ahamiyatga ega bo`lgan yutuq hisoblanadi.

Davor Shuker
90-yillarning oxirida Davor Shuker jahondagi eng havfli hujumchilaridan biri bo`lgan. Aynan uning harakatlari tufayli, Xorvatiya 1998 yilgi jahon chempionatida bronza medalini qo`lga kiritdi. O`zi esa chempionatning eng yaxshi to`purariga atalgan “Oltin butsa” mukofatiga ega bo`ldi. Katta parvozlardan so`ng Shukerni nomi “Oltin to`p”ni olishi mumkin bo`lgan futbolchilar orasiga kiritildi. Lekin u Zidanni ortda qoldira olmadi va mazkur yutuqsiz qolib ketdi. Masalaning boshqa tomoni borki, Davor Shuker futbolchilik davrida “Oltin to`p”ni ololmaganiga qaramay, muxlislar uni yorqin xotiralar bilan eslab yurishadi. Uning xurmatini joyiga qo`yib kelishadi. 

Raul
O`z vaqtida “Real”ning timsollaridan bo`lgan Raul Madrid superklubi bilan primerada olti bor zafar quchishdan tashqari uch marta ChL bosh sovriniga ega chiqdi. Lekin “Oltin to`p” unga berilmadi. Raul 2001 yilda yaxshi imkoniyat bo`lgandi va lekin oxirgi pallada uni yo`lini “Liverpul” safida yorqin porlagan Maykl Ouen halaqit qilib, mana shu yutuqni undan ilib ketgandi. Shu-shu Raul qancha ko`p mukofatlarni olishiga qaramay, “Oltin to`p” borasida unga omad kulib boqmadi. Yuqorida Davor Shuker kabi ispaniyalik hujumchini ham muxlislar yorqin xotiralar bilan eslab kelishadi. Buni sababi oddiy. Raul o`zining kamtarligi, maydonda ko`rsatadigan ishlari orqali butun dunyoni larzaga solib bo`lgandi. Shahsiy yutuqlar unga doimo ikkinchi darajali bo`lib kelgan va birinchi o`ringa klubining manfaatini ustun qo`yganligi xurmatga loyiqdir. 

Stiven Jerrard
“Liverpul” klubi yuragi hisoblanadigan Jerrard ham “Oltin to`p”ni kiritmagan yulduzlar orasida joy olgan. U ham bu sovringa erishishi mumkin edi. Biroq o`shanda uni yo`liga bir qator futbolchilar to`siq bo`lishgandi. 2005 yilda u “Liverpul” klubi bilan Chempionlar ligasi finalida bosh qahramonga aylangandi. Shundan so`ng “Oltin to`p”ni olishi mumkin bo`lgan futbolchilar orasida nomi zikr qilingandi. Lekin u bu sovrinni olishida Ronaldino va Lempardlar to`siq bo`lishgandi. Shu tariqa futbolchi 3-o`rin bilan kifoyalanishiga to`g`ri kelgandi. 

Devid Bekxem
Katta futbol bilan yaqinda xayrlashgan Bekxem 20 yillik faoliyati mobaynida 540 ta uchrashuvda maydonga chiqqan. 97 bora raqiblari darvozasini ishg`ol qilishni uddalagan. Beksda 1999 hamda 2001 yillarda “Oltin to`p”ga ega chiqish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgan. Ammo 1999 yilda bosh sovrin Rivaldoga,  oradan ikki yil o`tib esa Maykl Ouenga topshirilgandi. Qisqasi, “Spaysboy” “Oltin to`p”ni qo`lga kirita olmay dilda armaon bilan butsalarini mixga ildi. 

Dennis Bergkamp
Gollandiyalik mohir yarim himoyachi Bergkamp “Olti to`p”ga uch marotaba nomi kiritilgan bo`lishiga qaramay, hech qaysida bunga erisha olmagani achinarli xolatdir. 1992 yili Marko Van Basten, 1993 yili Roberto Badjo va 1997 yili Ronaldo uni ortda qoldirgan edi. Shunga qaramay, Dennisni butun dunyo yorin xotiralar bilan eslashadi. Chunki u chiroyli o`yinlari orqali muxlislarni qalbida qolgandi.

sports.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1