AsosiyJamiyat

O`zbekiston OTMlaridagi ayrim yo`nalish va mutaxassisliklar yopilishi mumkin

'O`zbekiston OTMlaridagi ayrim yo`nalish va mutaxassisliklar yopilishi mumkin'ning rasmi

Ta`lim sifatini nazorat sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig`i Ulug`bek Tashkenbaev 2018-2019 yillar davomida o`tkazilgan oliy ta`lim muassasalari (OTM) attestasiya natijalari haqida ma`lumot berdi.

Ta`lim inspeksiyasi tomonidan 2018-2019 yillar davomida 24 ta oliy ta`lim muassasa (OTM)lar attestasiyaga jalb qilingan bo`lib, ulardan 10 tasi (41,7%) «Attestasiyadan o`tdi» deb e`tirof etilgan va akkreditasiyalangan. 13 tasi (54,2%) esa «Attestasiyadan shartli o`tdi» deb e`tirof etilib, ularga kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1 yil muddat berildi. 1 ta OTM (4,2%) «Attestasiyadan o`tmadi» deb e`tirof etilgan va akkreditasiyalanmagan.

Ushbu natija ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha tahlil qilinganda:

426 ta ta`lim yo`nalishlaridan 288 tasi (67,6%) «Attestasiyadan o`tdi», 138 ta (32,4%) «Attestasiyadan o`tmadi»;

282 ta magistratura mutaxassisliklaridan 242 tasi (85,8%) «Attestasiyadan o`tdi», 40 tasi (14,2%) «Attestasiyadan o`tmadi».

Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim bo`yicha 186 ta ixtisoslikdan 132 tasi (71%) «Attestasiyadan o`tmadi», 54 tasi (29%) «Attestasiyadan o`tmadi».

Ta`lim inspeksiyasi joriy yilning sentyabr oyida 22 ta OTMlari va 5 ta ilmiy tadqiqot muassasalarining attestasiyadan o`tmagan ta`lim yo`nalishlari, magistratura mutaxassisliklari hamda ixtisosliklarni qayta attestasiyadan o`tkazdi.

Qayta attestasiya natijasiga ko`ra:

40 ta ta`lim yo`nalishlaridan 17 ta (42,5%) «Attestasiyadan o`tmadi» (TAQI -1 ta, TDMRXOM – 1 ta, TATU – 2 ta, O`zDK – 3 ta TKTI – 1 ta, TDTU – 2 ta, TerDU – 2ta, GulDU – 1 ta, JizDPI - 3 ta, TDAU Nukus f. – 1 ta);

17 ta magistratura mutaxassisliklaridan 4 tasi (23,5%) «Attestasiyadan o`tmadi» (TDTU – 4 ta);

60 ta ixtisoslikdan 19 ta (31,7%) «Attestasiyadan o`tmadi» (BuxDU-1, BuxDTI-1, TDAU-2, TDTU-9, TIQXMMI-1, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti-4, Umumiy va noorganik kimyo instituti-1) deb xulosa qilindi va qabul to`xtalishi belgilandi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 470-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan bundan buyon «Shartli o`tdi» degan tushuncha bo`lmaydi, attestasiyadan o`tmagan ta`lim yo`nalishi yoki mutaxassisligiga qabul to`xtatiladi.

Ilg`or xorijiy tajribalar asosida oliy ta`lim muassasalarini attestasiya va davlat akkreditasiyasidan o`tkazish tartibi takomillashtirildi. Yangi nizomda OTMlarni akkreditasiyalash 4 bosqichda amalga oshirilishi belgilandi: o`zini-o`zini baholash (ichki baholash), mustaqil ekspertlar tomonidan tashqi baholash, xulosalar tayyorlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash va ularni doimiy monitoring qilib borish. Bunda OTMda ta`lim sifatini o`zini-o`zi baholash mexanizmi mavjudligi va uning doimiy ravishda olib borilishi akkreditasiyalanishning asosiy sharti sifatida belgilandi.

Boshqa yangiliklar