AsosiyJamiyat

RASMIY XABAR! Quyichirchiq tumanida 2 ta “ISUZU” avtobusi halokatga uchradi. Yo`lovchi halok bo`ldi

'RASMIY XABAR! Quyichirchiq tumanida 2 ta “ISUZU” avtobusi halokatga uchradi. Yo`lovchi halok bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 8 noyabr kuni soat taxminan 07.00 larda Toshkent viloyati Quyichirchiq tuman Tinchlik MFY hududidan o`tuvchi To`ytepa- Yangiyo`l yo`lining 52-kilometrida, Yangiyo`l tumanida joylashgan “KAMOLAT-TRANS” MChJ ga qarashli ISUZI 10 830 JBA haydovchisi A.A. boshqaruvidagi avtobusi bilan, Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan “ ASIAN BEBI TEXITEL ” MChJ ga qarashli ISUZU 10V 328 OA haydovchisi J.B. quvib o`tish qoidasini buzishi natijasida avtobuslar bir-biriga tegib, J.B. boshqaruvidagi avtobus yo`lning qatnov qismidan chiqib ketishi natijasida YTH sodir bo`lgan.

Natijada yo`lovchi 1976 yilda tug`ilgan I.B. olgan tan jarohati bilan Quyichirchiq tumani markaziy shifoxonasining jonlantirish bo`limida vafot etgan. Shuningdek, qolgan bir nechta fuqarolarga Oq-qo`rg`on TMSh va Quyichirchiq TMSh da birinchi yordam ko`rsatilib, tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan. Hozirda ularning bir nafari davolanish uchun tibbiyot bo`limiga joylashtirilgan. Qolgan barcha fuqarolar salomatligida muammo bo`lmaganligi sababli tibbiyot muassasasida qolishmagan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar