Avstraliyada bo`lib turgan o`zbekistonlik muxlislar va jurnalistlar, agar O`zbekiston finalga chiqadigan bo`lsa, sochlarini shu erning o`zida kalga oldirib tashlashga qaror qilishdi. Bu haqda "Sport" kanali sharhlovchisi Murod Rizaev Stadion.uz'ga xabar berdi.
"Albatta, bu bizning yoshimizga to`g`iri kelmaydi, lekin agar shunday bo`lib futbolchilarimiz finalga chiqishadigan bulsa, albatta, bu shartga barcha rozi. Xususan men ham", - deydi Murod Rizaev.
Bunga barcha muxlislar va jurnalistlar rozi bo`lishdi va kelishib olishdi.





