1

Kinoteatrlar soni yana bittaga ko`paydi

Madaniyat 12.11.2019, 09:47
Kinoteatrlar soni yana bittaga ko`paydi

"O`zbekkino" Milliy agentligining xabar berishicha, Namangan viloyati Kosonsoy tumanida "Obod markaz" dasturi asosida tumanda bir qator ijtimoiy  madaniy markazlar ochildi. Dastur tarkibida  tumandagi yangi rekonstruksiya qilingan Sadriddin Ayniy nomli kinoteatrning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Tadbirda taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda o`zbek kino san`atining kechasi va buguni haqida gapirildi.

Yangi kinoteatrda kinomuxlislar uchun retro "Shum bola" filmi taqdim qilindi. Shu bilan birga yangi ishlangan kinokartinalardan Akbar Bekturdievning "Tinchlik ortida" badiiy filmi namoyish qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1