Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu besh yillik munosabatlardan so`ng rossiyalik fotomodel Irina Sheyk bilan ajrashib ketdi. Bu ajrashish Sheyk Ronalduning onasining yubileyi munosabati bilan tadbirga kelmaganligi uchun sportchining tashabbusi bilan amalga oshrildi. Bu haqda mahalliy Correio da Manha nashri xabar qilmoqda.
OAVning yozishicha, Irina bilan Dubayda o`tkazilgan Rojdestvadan keyin Ronaldu onasining 60ga to`lishi bilan kutilmagan sovg`a qilish maqsadida Madridga kelishga qaror qiladi. Biroq model do`stini bu safar chog`ida yolg`iz qoldiradi.
“Ular jiddiy tortishib qolishdi va yangi yil arafasida Ronaldu o`g`li bilan yolg`iz qoldi,” – deb yozadi OAV.





