1

BDKI rektoriga minnatdorlik yorlig`i topshirildi

Madaniyat 12.11.2019, 18:29
BDKI  rektoriga minnatdorlik yorlig`i topshirildi

Joriy yilning 11noyabr kuni Moskvada O`zbekiston Respublikasi hukumati nomidan Butunrossiya Davlat Kinematografiya Instituti (BDKI) rektori Vladimir Malishevni  70 yoshga to`lishi munosabati bilan taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

V.Malishevga mukofotni "O`zbekkino" milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov topshirdi.

Taqdirlash marosimida O`zbekiston BDKI rektorining xalqaro kino san`ati rivojidagi xizmatlarini, O`zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari o`rtasida do`stona munosabatlarni shakllantirishdagi sa`y-harakatlarini yuksak qadrlashi ta`kidlandi.

"Vladimir Sergeevich rahbarligida.BDKI nafaqat o`zining eng yaxshi an`analarini saqlab qoldi, balki kino sanoatidagi so`nggi tendensiyalarga asosan jadal rivojlandi, – dedi taqdirlash marosimida "O`zbekkino" ning bosh direktori F. Abduxalikov. - Shuni ta`kidlash kerakki, uzoq yillar davomida birinchi marta O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti talabalari BDKI tashabbusi bilan o`tkailgan 37-xalqaro talabalar festivalida ishtirok etdi, ulardan biri Shokir Xoliqov maxsus diplom bilan taqdirlandi. Yaqin orada o`zbekistonlik 15 talaba ushbu nufuzli ta`lim dargohining kinematografiya kurslarida o`qishni boshlaydi”.

O`z navbati Vladimir Malishev ko`rsatilgan yuksak e`tibor uchun minnatdorchilik izhor etdi:

"Yangi O`zbekistonda kino sohasini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jahon darajasida yuqori sifatli kino mahsulotlarini yaratish va malakali mutaxassislar tayyorlash bo`yicha islohotlar olib borilmoqda. Biz kino sohasida ikki tomonlama hamkorlikni o`rnatishda, turli yo`nalishlar bo`yicha o`zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashda, qator kino loyihaarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga har doim tayyormiz” – dedi BDKI rektori.

Ayni paytga qadar ushbu yirik san`at dargohida Malik Qayumov, Rustam Hamdamov, Ali Hamroev, Shuxrat Abbosov, Elyor Ishmuxamedov, Shavkat Abdusalomov, Odelsha Agishev, Rustam Sa`dullaev, Yusuf Roziqov, Janik Fayziev singari o`zbek kinsining taniqli vakillari tahsil olishgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1