1

Janubiy Koreya Avstraliyani ham 1:0 hisobida engib, “A” guruhida birinchi o`rinni egalladi

Sport 17.01.2015, 17:12
Janubiy Koreya Avstraliyani ham 1:0 hisobida engib, “A” guruhida birinchi o`rinni egalladi

Avstraliyada bo`lib o`tayotgan Osiyo kubogining “A” guruhi o`yinlari yakuniga etdi, deb xabar bermoqda «Championat.asia».

Janubiy Koreya terma jamoasi qolgan ikki o`yindagi kabi maydon egalarini ham 1:0 hisobida mag`lub etib, guruhda birinchi o`rinni egalladi. O`zbekiston terma jamoasi guruhdan chiqa olsa chorak finalda aynan shu jamoaga raqib bo`lishi ehtimoli yuqori.

Guruhdan chiqa olmagasligi ikkinchi turdan keyin ma`lum bo`lib ulgurgan ikki terma jamoa – Ummon va Quvayt o`rtasidagi o`yinda ham minimal hisob qayd etildi.

Avstraliya – Janubiy Koreya 0:1

Gol: Li Jung Xyop 33.

Avstraliya: Rayan, Byorns, Sainsburi, Spiranovich, Franich, Milligan, Luongo, Jurich, MakKay, Troisi, Bexich.
Janubiy Koreya: Kim Jin Xyon, Kim Chang Su, Kvak Tae Xvi, Park Ju Xo, Kim Yung Gvon, Ku Ja Chol, Ki Sung Yong, Xan Kyo Von, Kim Jin Su, Li Jeong Xyop, Lu Kun Xo.

Ummon – Quvayt 1:0

Gol: Al Muqbali 69.

Ummon: Al Habsi, Salim, Al Busaidi, Amir, Ovaisi, Al Farsi, Muborak, Said, Al Raziqi, Ibrohim, Al Maqbali.

Quvayt: Al Haladi, Al Maqsid, Al Matug, Al Enzi, Avad, Al Ibrohim, Zayad, Mashaan, Al Hajri, Al Buraiki, Nosir

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1