1

O`zbekiston delegasiyasi Germaniyaga boradi

Siyosat 13.11.2019, 10:11
O`zbekiston delegasiyasi Germaniyaga boradi

2019 yilning 14-15 noyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo`mitasi raisi Alisher Kurmanov boshchiligidagi delegasiya Berlin shahriga tashrif buyuradi.

Germaniya jamoatchiligini O`zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda mamlakatimizda bo`lib o`tadigan parlament sayloviga tayyorgarlikning borishi bilan tanishtirish mazkur safarning maqsadi hisoblanadi.

O`zbekistonning Germaniyadagi Elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, delegasiya Germaniyaga tashrifi doirasida Fridrix Ebert nomidagi fondda «O`zbekiston saylov oldidan: ichki siyosiy islohotlar va tashqi siyosiy istiqbollar» mavzusida podium munozarasini va Konrad Adenauer nomidagi fondda davra suhbati o`tkazadi. Tadbirlarda Germaniyaning siyosiy, ekspert-tahliliy, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etadi. 

Shuningdek, delegasiya a`zolarining Germaniya Federal prezidenti va Federal kansleri idoralarida, Bundestag va Tashqi ishlar vazirligida uchrashuvlari rejalashtirilgan bo`lib, uchrashuvlar doirasida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilinadi hamda xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilinadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1