Anjelina Joli kasalligi sababli uzoq kutilgan o`zining “Sinmas” filmi premerasida ishtirok eta olmadi. Joli suvchechakka chalinib, uyida davolangan paytida unga farzandlari Meyddoks, Paks va Shaylolar mehribonchilik ko`rsatishganligini tan oldi, deya xabar bermoqda segodnya.ua.
Anjelina "Bolalarim menga mehribonchilik ko`rsatishganligi qanchalar yaxshi. Ular film premerasiga borishlari zarurligini juda ham jiddiy qabul qilishdi. Ularga sizlar u erda mening vakillarim bo`lasizlar dedim”, - degan fikrlarini bayon qildi.





