1

Tadbirkorlar sudga bergan shikoyati uchun davlatga boj to`lashdan ozod etildi

Siyosat 13.11.2019, 21:20
Tadbirkorlar sudga bergan shikoyati uchun davlatga boj to`lashdan ozod etildi

Ba`zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonun qabul qilindi.

Mazkur Qonunga asosan ba`zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan 20 ga yaqin qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.

Xususan, Soliq kodeksiga tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish bo`yicha vakil tadbirkorlar manfaatlarini ko`zlab ma`muriy sudga berilgan ariza (shikoyat) yuzasidan davlat boji to`lashdan ozod qilinishiga oid norma kiritildi.

Shuningdek, “Prokuratura to`g`risida”gi Qonunga o`zgartirish kiritilib, prokuratura organlari xodimlariga ijodiy faoliyat bilan shug`ullanishga ruxsat etilishi hamda 20 yildan ortiq ish stajiga ega bo`lgan xodimlarga 15 kalendar kun qo`shimcha ta`til berilishi belgilandi.  

Hujjatning rasmiy to`liq matni bilan bu erda tanishishngiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1