1

O`zbekiston Prezidenti Osiyo taraqqiyot banki delegasiyasini qabul qildi

Siyosat 14.11.2019, 09:19
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident
O`zbekiston Prezidenti Osiyo taraqqiyot banki delegasiyasini qabul qildi

13 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining vazirlar darajasidagi konferensiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati. 

Uchrashuvda davlatimiz rahbari eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ilgari surishda O`zbekistonning etakchi va ishonchli sherigi bo`lmish ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut bilan o`zaro manfaatli munosabatlar rivojlanish dinamikasini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Mamlakatimizda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqish sifati va amalga oshirish sur`ati sezilarli darajada ortgani alohida ta`kidlandi.

Bugungi kunda ikki tomonlama hamkorlik yurtimiz iqtisodiyotining barcha ustuvor tarmoqlarini qamrab olgan holda amalga oshirilgan va davom etayotgan, umumiy qiymati qariyb 8 milliard dollarlik 60 dan ziyod loyihani o`z ichiga oladi. Bankning 2019-2023 yillarda O`zbekiston bilan sheriklikni kengaytirish bo`yicha moliyalashtirish hajmi 5 milliard dollardan oshadigan yangi strategiyasi qabul qilindi.

Uchrashuvda o`zaro hamkorlikning istiqbollari har tomonlama ko`rib chiqildi. Mamlakatimizda irrigasiya-drenaj va avtomobil yo`llari infratuzilmasini modernizasiya qilish, jumladan, boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, kadrlar tayyorlash va boshqa masalalarga doir uzoq muddatli strategik va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga e`tibor qaratildi.

Mintaqaviy miqyosdagi, avvalo, transport yo`laklarini rivojlantirish, energetika infratuzilmasini modernizasiya qilish, ekologik muammolarni hal etish bo`yicha loyihalarni ilgari surish ustuvor ahamiyatga ega ekani ta`kidlandi.

Osiyo taraqqiyot banki rahbari O`zbekiston bilan hamkorlikning bugungi darajasi va samaradorligini yuksak baholadi, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarni to`liq qo`llab-quvvatlashini qayd etdi.

Takexiko Nakao yurtimizning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo`lidagi maqsad va vazifalarga erishishda bank bundan buyon ham asosiy sherik bo`lib qolish istagidaligini bildirdi.

 

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1