1

Mirjalol Qosimov Saudiya Arabistoniga qarshi o`yinda tarkibda 5 ta o`zgarish qildi

Sport 18.01.2015, 13:38
Mirjalol Qosimov Saudiya Arabistoniga qarshi o`yinda tarkibda 5 ta o`zgarish qildi

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan o`yinda maydonga tushadigan tarkibni ma`lum qildi.
Mirjalol Qosimov Xitoyga qarshi o`tkazilgan o`yinga nisbatan tarkibda 5 ta o`zgarish qilgan. Bu safar zaxirada Akmal Shorahmedov, Timur Kapadze, Server Jeparov, Sanjar Tursunov va Igor Sergeevlar qolgan.
Bu futbolchilar o`rniga ilk daqiqalardan Shuhrat Muhammadiev, Sardor Rashidov, Jasur Hasanov, Jamshid Iskanderov va Bahodir Nasimovlar maydonga tushadigan bo`ldi. Eslatib o`tamiz, jarohat olgani uchun himoyachi Islom To`xtaxo`jaev tarkibga kiritilmagan.
Osiyo Kubogi-2015
V guruhi, 3-tur
O`zbekiston  – Saudiya Arabistoni
O`zbekiston: Ignatiy Nesterov - Shuhrat Muhammadiev, Shavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov - Sardor Rashidov, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Jasur Xasanov - Jamshid Iskanderov - Bahodir Nasimov.
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Akbar To`raev, Egor Krimes, Akmal Shorahmedov, Farrux Sayfiev, Timur Kapadze, Lutfulla To`raev, Server Jeparov, Sanjar Tursunov, Vohid Shodiev, Igor Sergeev.

Manba: www.the-uff.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1