1

Xonanda Lola lisenziya beruvchi komissiya faoliyatini ko`rsatuvchi klipiga izoh berdi

Madaniyat 16.11.2019, 12:20
Xonanda Lola lisenziya beruvchi komissiya faoliyatini ko`rsatuvchi klipiga izoh berdi

Xonanda Lola «Sevgingni menga ayt» deb nomlangan taronasiga ishlangan ikkinchi klipini taqdim etib, keng muhokamalar markaziga tushib qoldi. Shu sabab Lola o`zining ushbu klipi borasida Instagram’dagi sahifasi orqali izoh berdi.

"So`nggi video chiqqanidan so`ng ayrim yangilik saytlari uning mohiyatini va mazmunini o`zgartirib, o`z manfaati yo`lida foydalanishga qaror qilishdi. Hatto meni va jamoamni siyosiy xarakterda izoh berishimga majburlamoqchi bo`lishdi. Shuni aytmoqchimanki, men bu mavzuda intervyu bermayman va siyosatga hech qanday aloqam yo`q.

Men ijodkorman. San`at bilan shug`ullanaman, san`at esa — hayotning ko`zgusi. O`z ijodimda turli mavzularga murojaat qilaman: ijtimoiy, hayotiy, ba`zida maishiy va bularning barchasini chin ko`ngildan qilishga intilaman. Biz odamlar bemalol nafas olib, bundan besh yil oldin hatto o`ylashga ham qo`rqadigan fikrlarimizni ochiq ayta oladigan o`zgarishlar davrida yashayapmiz.

Bu safar biz hazil aralash shaklda satirik videoni yaratib, ijodkorlikdagi byurokratiya va taqiqlar mavzusiga qo`l urdik. Men ijodkor odamman va bu kabi provakasiyalar vaqtida yagona beradigan izohim — men O`zbekiston fuqarosiman, o`z Vatanimni sevaman, unda yashayotgan odamlarni yaxshi ko`raman va nimaiki qilmay, uning kelajagiga bo`lgan muhabbatim sabab!"

Avvalroq Xotin-qizlar qo`mitasi Elmira Bositxonova xonanda Lola Yo`ldoshevaning internetda keng muhokamalarga sabab bo`layotgan «Sevgingni menga ayt» qo`shig`i klipi haqida «Atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, ma`naviyat so`zini o`yinchoq qilib qo`ygani – bu yigirma beshinchi kadr», deya munosabat bildirgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1