1

Jangga bir kun qolganida Hasanboy Do`smatovning raqibi o`zgardi

Sport 16.11.2019, 13:53
Jangga bir kun qolganida Hasanboy Do`smatovning raqibi o`zgardi

Professional boksning birinchi o`ta engil (-48,99 kg) vazn toifasida Meksikaning Guanaxuato shahrida bo`lib o`tadigan boks oqshomida ringga chiqishi kutilayotgan Hasanboy Do`smatov 16 noyabr kuni professional boksdagi debyut jangida  meksikalik David Martinez (8-3, 1 KO) raqiblik qilishi lozim edi.

Ammo jang arafasida uning raqibi o`zgarganligi haqida xabar berilmoqda.. Endilikda Do`smatov shu boks oqshomida boshqa bir meksikalik bokschi Xesus Servantes Vilyanuevaga (9-7, 5 KO) qarshi ringga ko`tariladi.

Bokschilar jang oldidan tarozidan o`tishdi. Unga ko`ra, Hasanboy Do`smatov debyut jangi oldidan 48,6 kg tosh bosdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1