1

Avstraliya O`zbekistonga tushishni istagandi, Janubiy Koreya bo`lsa JCh-2014 saralashini esladi

Sport 20.01.2015, 09:32
Avstraliya O`zbekistonga tushishni istagandi, Janubiy Koreya bo`lsa JCh-2014 saralashini esladi

Avstraliya ommaviy axborot vositalarida Osiyo kubogi-2015 musobaqasining guruh bosqich o`yinlari batafsil muhokama qilinmoqda.

Sekin-asta guruhdagi etakchi jamoalar birma-bir tilga olinayapti. Mahalliy futbol mutaxassislari va jurnalistlari ayni paytda Avstraliya termasini tanqid ostiga olishgan. Bunga sabab - 3-turdagi mag`lubiyat.
Endi bor e`tiborni chorak finalga qaratish kerakligi aytilmoqda. Gap shundaki, pley-off bosqichida Avstraliya terma jamoasi O`zbekistonga qarshi o`ynashni istagan ekan. Ular O`zbekistonni nisbatan osonroq raqib qatoriga qo`shishgan. Xitoyni esa, judayam kuchli terma sifatida baholashmoqda va ularga qarshi bo`ladigan o`yindan xavfsirashmoqda.
Mahalliy FOX Sport telekanali "V" guruhi haqida ma`luotlar berar ekan, ikkinchi o`rinni qayd etgan O`zbekiston termasiga bag`ishlab maxsus videorolikni ham havola etdi. Unda Qosimovning Saudiya Arabistoniga qarshi o`yin oldidan va keyingi fikrlari bayon qilindi. Avstraliya termasi O`zbekistonga qarshi o`ynash nisbatan engil kechishi mumkin edi, degan g`oyani ilgari surmoqda. Ular Xitoyga ro`baro` kelganliklaridan xavotirga tushishgan.
Endi, Janubiy Koreya lageriga nigoh solib ko`rsak. Chorak finaldagi raqibimiz ertaga Melburndagi "Lakeside Stadium" o`yingohida mashg`ulotlarni olib boradi. Terma jamoa albatta, yarim finalga chiqish vazifasini olgan. Janubiy koreyalik jurnalistlarning ta`kidlashlaricha, terma jamoa murabbiylar shtabi O`zbekistonga qarshi JCh-2014 saralashidagi o`yinlarni eslashgan.
O`zbekistonning Janubiy Koreyada alami borligi ham aytib o`tilgan. Ma`lum ma`noda koreyslar O`zbekistondan biroz hadiksirab turishganini ham bildik. Balki bu o`yin oldidan o`ziga xos taktika bo`lishi ham mumkin, ammo Janubiy Koreya termasi juda kuchli raqibga duch keldik, qabilida tayyorgarlik ko`rmoqda.

O`zbekiston terma jamoasi mashg`ulotlarni ertaga "SS Anderson Oval" stadionida olib boradi. Bu haqida keyinroq batafsil ma`lumot beramiz.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1