Kecha Farg`onada sodir bo`lgan portlash sababi aniqlandi

Jamiyat 19.11.2019, 08:04
Teglar: Portlash, Farg`ona
Kecha Farg`onada sodir bo`lgan portlash sababi aniqlandi

Avval xabar qilganimizdek, Farg`ona viloyati Oltiariq tumani H.Olimjon mahallasidagi ikki qavatli uylarning birida gaz sizib chiqishi oqibatida portlash sodir bo`lgan edi. 

Ushbu gaz chaqnashi xonadon egasi I.X. ning yashash uyida iste`moli uchun qo`lbola usulda shlang va plastik quvur orqali olib kirilgan tabiiy gazning sizib chiqqanligi va gaz hidi kelib turganligini bilib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasdan elektr chirog`ini yoqishi natijasida kelib chiqqanligi aniqlangan.
Mazkur gaz chaqnashi oqibatida, xonaning shift qismi yonib ketgan va xonadon egasi I.X. Oltiariq tumani Tibbiyot birlashmasining ShTTYoBga murojaat qilgan.
Tibbiyot birlashmasining ma`lumotnomasiga asosan fuqaro I.X.da yuz, ikkala kaft barmoqlari sohalari kuyish jarohatlari olganligi ko`rsatib o`tilgan.
Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyini ko`zdan kechirish jarayonida gaz trubalarini ulashda foydalanilgan qora rangli plastik shlang ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Oltiariq tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida, Sizlardan uydan chiqayotganingizda va uyga kelganingizda birinchi navbatda xonada yoki gaz plitangizdan gaz sizib chiqqan yoki chiqmaganligiga e`tibor berishingizni hamda elektr chiroqlarini yoqishdan avval xona havosini almashtirishingiz so`raladi.
Shu munosabat bilan, bunday ko`ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida quyidagi yong`in xavfsizlik talablariga rioya qilishingizni so`raymiz:
qo`lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;
oshxonada o`rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang;
gaz uskunalarini ulashni tartib qoidalariga qat`iy rioya qiling va ularga rezina shlangkalar orqali ulanishga yo`l qo`ymang;
agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga zudlik bilan xabar bering.
Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o`zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni ko`ngilsiz hodisalardan saqlagan bo`lasiz”,— deyilmoqda Tergov departamenti xabarida. 

Sharhlar

Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Farg`onada mashina oynalarini sindirib tashlagan shaxs uzr so`rab chiqdi va u javobgarlikka tortildi (video)

03.08.2023, 09:23

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda erkak o`zganing mashinasini katta ko`chada tosh bilan urib, mashinaning oynalarini sindirib, pachoqlab tashlagani aks etgan video tarqaldi.Ma`lum bo`lishicha, fuqaro Sh.S. “Yandeks”...
Farg`onada 4 ta erkak bir ayolni urib, jinsiy tajovuz qilgani aniqlandi(video)

16.07.2023, 21:49

Internet ijtimoiy tarmoqlarda Beshariq tumanida oilali, ikki nafar farzandli ayolni to`rt nafar erkak zo`rlanganligi haqidagi videoxabarlar tarqaldi. Holat Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi.Ma`lum bo`lishicha,...
Farg`onada erkak xotini va qaynotasini pichoqlab o`ldirdi (video)

29.04.2023, 11:56

Farg`ona viloyatida dahshatli qotillik yuz berdi. Bu haqda "Millar" dasturida xabar qilindi.Ma`lum qilinishicha, erkak o`zining xotini va qanotasini vahshiylarcha pichoqlab o`ldirgan. Bunga sabab oilaviy kelishmovchilik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1