Har bir xalqning o`zligini, milliy mavqei va qadr-qimmatini dunyoga tanituvchi ulug` farzandlari bo`ladi. Ularning qoldirgan o`lmas meroslari ayni xalqning nafaqat o`tmishini, balki buguni va kelajagini ham belgilaydi. Biz ulug` Berdaq shoirni nafaqat qoraqalpoq, butun xalqimizning ana shundy ardoqli farzandlaridan biri sifatida doimo qadrlaymiz.
Islom Karimov
Har yili mamlakatimizda 27 noyabr kuni qoraqalpoq elining buyuk shoiri Berdimurot Qarg`aboy o`g`li Berdaqning tavallud ayyomi keng nishonlanadi. Xususan Qoraqalpog`istonning shahar va tumanlarida, ma`naviyat va ma`rifat maskanlarida berdaqxonlik tadbirlari o`tkaziladi. Uning she`r va dostonlaridan namunalar o`qiladi. Berdaq simosi hqiqiy ma`nod nainki qoraqalpoq, balki butun turkiy xlqlarning g`urur va iftixori timsoliga aylangan.
Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra Berdaq 1827 yilda Orolbo`yidagi Bo`zatov tumani hududida tavallud topgan. Bolaligidan ma`rifatga, adabiyotga mehr qo`ydi. Qoraqalpoq xalining maqol va matallari, lapar va dostonlarini qiziqish bilan o`rgandi. Avval ovul maktabida, keyin o`sha darvning yirik ta`lim maskanlaridan hisoblangan Qoraqum eshon madrasasida saboq oldi. Diniy va dunyoviy fanlar bilan birga Alisher Navoiy, Abdurahmon Fuzuliy, Abdulqodr Bedil, Fariduddin Attor, Maxtumquli, So`fi Ollyor singari Sharq mutafakkirlari hayoti va ijodini astoydil o`rgandi. Berdaqning she`rlaridan birida shunday misralar bor:
“Chorkitob”dan tura qochdim,
Navoiydan savod ochdim,
Fuzuliydan durlar sochdim,
Dilyorlarni izlar edim,
Xalq kuychisi
Berdaq o`z she`rlarida xalqining boshiga tushgan musibatlarni ochiq-oshkora, sidqidildan kuylay olgan. U o`zining “Aqimbet”, “Shajara”, “Oydo`s bobo”, “Amangeldi”, “Ernazar biy”, “Xorazm” singari dostonlarida qoraqalpoq xalqining o`n to`qizinchi asrdagi hayoti, turmush tarzini ko`rsatib bera oldi. Uning asarlari o`sha davrda Orolbo`yidagi mavjud siyosiy vaziyatni, madaniy muhitni o`rganishda ham muhim o`rin tutadi. Uning birga “Musa baxshiga” nomli she`rida yigirmadan ortiq xalq baxshi va oqinlarining nomi tilga olinadi. Mutaxassislarning fikricha, Berdaqning o`zi ham baxshi bo`lgan, dutor chalib, qo`shiq va laparlar, doston ijro etgan.
Berdaq ijodiy insoniylik, vatanparvarlik, olijanoblik singari fazilatlar alohida o`rin tutadi. U butun umri davomida o`z yurtdoshlarini ilm-ma`rifatga, birdamlikka, hamjihatlikka da`vat etdi. Mardlik jasorat, matonatni targ`ib qildi.
Berdaq qo`lyozmalari izidan
Berdaq ijodini o`rganish, qo`lyozmalarini izlab topish ishlari o`tgan asrning 30-yillaridan keyin boshlangan. Shundan so`ng uning she`r va dostonlari avval ona tilida keyin boshqa bir qator tilarda bosilib chiqdi. Uning hayoti va ijodini chuqur o`rganishga kirishildi. Mamlakatimiz istiqlolga erishga, Berdaq hayoti va ijodiga munosabat tubdan o`zgardi. 1998 yilda Yurtboshimiz farmoniga binoan Berdimurot Qarg`abay o`g`li Berdaq tavalludining 180 yilligi keng nishonlandi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti qoshida Berdaq Milliy muzeyi tashkil etidi.
Ushbu muzey bugungi kunda Qoroqalpog`istondagi ziyo maskanlaridan biri sanaladi. Ayni paytda bu erda bu erda Orolbo`yi xalqlari tarixi va adabiyotiga oid 3000 dan ortq eksponat saqlanadi. Ular orasida Berdaqning nigohi tushgan bir qator nodir kitoblar, qimmatli qo`lyozmalar, tarixiy liboslar, cholg`u asboblari alohida o`rin tutadi.
2014 yilda muzey xazinasi yana bir nodir eksponat bilan boyidi. Berdaqning bgungi avlodlaridan bo`lgan Amangul Allanova buyuk shoir tegishli bo`lgan choponni muzeyga keltirib berdi. Ma`lumotlarga qaraganda Berdaq 57 yoshdaligida tug`ilgan nabirasi Qorajonning beshigi ustga egnidagi choponni yopib ketgan ekan.
Bu chopon avloddan avlodga o`tib, bugungi kunga qadar etib kelgan. Libos yaxshi saqlangan. Bu nodir choponga tikilib o`yga tolasan kishi. Axir bu libos yillar davomida buyuk shoirning yaxshi-yon kunlarida, shod-noshod damlarida hamroh bo`lgandir. Shoirning g`am-tashvishlari, dard-hasratini u bilan baravar elkalagandir...
O`lmas misralar
Berdimurot, izla, izla,
Har yo`lini to`g`ri ko`zla,
Ne so`lasang, yaxshi so`zla,
Haq diydorin izlar edim.
****
Azob bilan olmag`aydi jonimni,
Yigitlar, aytayin arzi holimni,
Yig`lab o`tkazdim men mohu solimni,
Sho`rlik Berdimurot yozar xalq uchun.
***
Barchani yaratgan qodir xudoyim
Bersang bul bandaga Haqning yo`lin ber,
Egri yursam ortar mening gunohim,
Bu qalbimga to`g`rilikning nurin ber.
***