1

Hukumat deputatlarning talabini inobatga olmasa Davlat byudjeti qaytariladi

Siyosat 20.11.2019, 09:51
Hukumat deputatlarning talabini inobatga olmasa Davlat byudjeti qaytariladi

Ayni kunlarda Qonunchilik palatasida 2020 yilga mo`ljallangan Davlat byudjeti loyihasi deputatlar muhokamasidan o`tmoqda.  Deputat Rasul Kusherbaev  o`zining telegramdagi kanalida byudjet loyihasiga deputatlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, bir qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish ustida Hukumat bilan muzokaralar olib borilayotganini yozmoqdi.

" Masalan, hamkasbimiz Abdurashid Abduqodirov hukumatdan barcha o`rta ta`lim maktablariga etarli miqdorda laboratoriya jixozlari bilan ta`minlash  va eskirgan o`quv uskunalarini almashtirish bo`yicha mablag`larni ko`paytirishni talab qilmoqda. Kamina o`z o`rnida saylovoldi dasturdagi rejamdan kelib chiqib, barcha ta`lim muassasalarini optik tolali internet aloqa vositasi bilan ta`minlash uchun etarli mablag` ko`zda tutilishini shuningdek, mahalliy hokimliklar tomonidan fuqarolarning ko`chmas mulklari buzilishi natijasida hamon qoplab berilmagan kompensasiya pullarini markaziy byudjet hisobidan bo`lsa ham to`lab berish uchun alohida mablag` ajratilishini so`ramoqdaman, deb yozadi deputat o`z blogidi.

Xalq vakiliga ko`ra,  deputatlar tibbiyot, qurilish, transport, soliqqa tortish bilan bog`liq masalalarda byudjet loyihasini "korrektirovka" qilishmoqda. Talablarga  hukumat ko`nmasa loyiha deputatlar tomonidan o`tmakazilmaydi. Agar hammasi joyida bo`lsa payshanba kuni 21 noyabrda deputatlar yalpi majlisda 2020 yil uchun Davlat byudjetini qabul qilishlari mumkin. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1