1

O`zbekiston Jaloliddin Manguberdi haqidagi serialga 5 million AQSh dollari tikdi

Madaniyat 20.11.2019, 11:10
O`zbekiston Jaloliddin Manguberdi haqidagi serialga 5 million AQSh dollari tikdi

Ayni vaqt o`zbek-turk kinoijodkorlari hamkorligida Turkiyaning Istanbul shahrida Jaloliddin Manguberdi serialini suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rilmoqda. QALAMPIR.UZ serial surat olinishi rejalashtirilgan maydonchada bo`lib, ijodkorlar bilan suhbatlashib qaytdi.

“Tasvirga olish jarayonlari uchun juda katta tayyorgarlik ko`rilmoqda. Bu shunchaki serial emas, balki xalqaro doiradagi, katta jo`g`rofiyani qamrab oladigan loyiha bo`lishi tabiiy. Mazkur asar bilan O`zbekiston dunyo kinobozoriga kirsa, ajab emas.  

Birgina dekorasiyalarga kelsak, men bugungacha ko`plab filmlarning tasvirga olish maydonchalarida bo`lib, bu qadar reallikka yaqin dekorasiyalarni buyumlarni ko`rmaganman. Serial uchun, hatto, chorva mollari ham boqilyapti”, deydi QALAMPIR.UZ .  

Serial ssenariysi tarixchilarning ilmiy izlanishlari asosida yozildi. Albatta, unda badiiy to`qimalar ham mavjud.  

Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur serialga mesenatlik asosida 5 million AQSh dollari mablag` sarf etilmoqda. U 13 qismdan iborat bo`ladi. Agar serial dunyo bozoriga chiqib, qaysidir jihatdan sarf-xarajatlarni qoplay olsa, tasvirga olish ishlari yana davom ettiriladi.

Serialda Jaloliddin Manbuberdining qahramonligi va Chingizxon bilan ziddiyati, katta qudratga ega bo`lgan va dunyoning yarmini egallagan mo`g`ullar imperatorini Manguberdi qanday enggani tasvirlanadi. Serialning ilk treyleri yaqin kunlarda namoyish etilishi kutilmoqda.  

O`zbekiston tarafidan ushbu loyihaga O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov boshchilik qilmoqda. Serialni dunyoning 85 mamlakatida tomosha qilingan “Tirilish. Erto`g`rul” seriali ssenariy muallifi va prodyuseri Mehmet Bo`zdog` rahbarligidagi ijodiy jamoa suratga oladi.  

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1