AsosiySport

Blatter: Jahon chempionati mezbonlari o`zgarmaydi

FIFA prezidenti Yozef Blatter 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlarining mezboni o`zgarmasligini yana bir bor ta`kidlab o`tdi. Bu haqda sports.uz xabar qiladi.  
– Siz xalqaro taqvimni o`zgartirmoqchimisiz? Bu oson ish emas! 2014 yil dekabrida o`tgan Marokashdagi FIFAning so`nggi ijroqo`mida biz musobaqalar Rossiya va Qatarda o`tishini qat`iy belgiladik. 
Bu mamlakatlardagi mundiallarning qaysi sanalarda o`tishi esa mart oyining uchinchi haftasida aniq bo`ladi. Biz Rossiyadagi chempionatning ilgari belgilanganidek 12 ta shaharda va stadionlar soni qisqartirilmasdan o`tkazilishi tarafdorimiz, — deydi Blatter.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar