AsosiyDunyo

Qatarlik milliarder o`ziga tilla Lamborghini buyurtirdi

Qatarda oltindan yasalgan detallarga ega birinchi Lamborghini Aventador LP700-4 avtomobili paydo bo`ldi, deya xabar bermoqda daryo.uz «Segodnya.ua»ga tayangan holda.

Mashinaning disklari, orqani ko`rish uchun mo`ljallangan oynalari, radiatori panjarasi, bamperi, faralari hoshiyasi oltindan ishlangan. Salon ichida esa rul, panel taxtasi va markaziy konsol tilla tarkibga ega bo`ldi. Dizayn uchun qancha metall sarflangani va uning probasi oshkor etilmayapti.

Foto: maatoukdesign.com

Foto: maatoukdesign.com

Foto: maatoukdesign.com

Foto: maatoukdesign.com

Foto: maatoukdesign.com

Foto: maatoukdesign.com

Bunday dizayndagi superkarni milliarder Jaben bin Abdulla al Xmaydiy buyurtirgan. Buyurtmani oltindan suvenir va kolleksiyaviy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Maatouk Design London kompaniyasi bajargan. Shartnoma narxi noma`lum.

    Boshqa yangiliklar