1

Tadbirkor naqd pulni qabul qilishda onlayn-nazorat kassa mashinasini qo`llaydi

Siyosat 23.11.2019, 21:08
Tadbirkor naqd pulni qabul qilishda onlayn-nazorat kassa mashinasini qo`llaydi

Hukumat tomonidan “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo`llanilishini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida” qaror qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Qarorga muvofiq, naqd pul tushumiga ega tadbirkorlar aholidan naqd pulni qabul qilishda Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5813-son (http://lex.uz/docs/4502381) Farmoni  bilan tasdiqlangan grafikda belgilangan muddatga qadar onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga ixtiyoriy, ushbu muddat tugagach majburiy ravishda o`tadilar (istisno holatlar mavjud (http://lex.uz/docs/4502381)).

Qaror bilan, Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassa tizimini qo`llash tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, O`zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Tadbirkorlar Davlat reestriga kiritilgan onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalarni mustaqil sotib olishi hamda texnik xizmat ko`rsatish markazlarini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega.

Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalar davlat soliq xizmatlari organlarida ro`yxatdan o`tkazilishi lozim, ro`yxatdan o`tkazganlik uchun to`lov undirilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1