1

«Vafel chizmasi» nima? (Video)

Hi-tech 25.11.2019, 12:12
Teglar: vafel chizmasi, Xushnudbek Xudoyberdiev
«Vafel chizmasi» nima? (Video)

Nafaqat haydovchilarni, balki ko`pchilik piyodalarni ham shu savol qiynayotgan bo`lsa kerak. Bu chiziqlar tirbandlik paydo bo`lish xavfi bor paytlarda chorrahaga tiqilib kiradigan haydovchilardan saqlanishga yordam beradi. Ushbu chizma haqida batafsil tushuncha beruvchi ma`lumot va video lavhani Xushnudbek Xudoyberdiev o`zining telegram kanaliga joyladi.

Umumiy qoidaga ko`ra, ushbu sariq chiziqlar ustida to`xtash mumkin emas, faqat ayrim holatlarda o`ng yoki chap tomonga burilayotganda to`xtash mumkin (masalan, piyodalarni o`tkazib yuborish).

Shuningdek, ushbu chiziq yashil o`chib yonayotgan paytda yoki sariqda chorrahaga kirib keladigan haydovchilardan ham ogohlikni talab qiladi. Ya`ni svetofornirng qizil chirog`i yongungacha chorrahadan to`liq o`tib ketishga ko`zi etmagan haydovchi to`xtashga majbur bo`ladi, yo`qsa jarimaga tortiladi. Ayni mana shunaqa «sariq aralash qizilda kirib kelish» ortidan chorrahalarda ko`plab YTHlar sodir etiladi yoki tirbandliklar hosil bo`ladi.

Bunday chiziqlar o`tgan yili Rossiyada ham paydo bo`lgan, ushbu videoda yangi qoida qisqacha tushuntirilgan. Video:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1