AsosiySport

O`zbekiston Osiyo kubogining chorak finalida Janubiy Koreya termasiga mag`lub bo`ldi (video)

O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida Janubiy Koreya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Uchrashuvning asosiy qismida hisob ochilmadi. Shuning uchun ham 15 daqiqadan ikki qo`shimcha taymlar o`tkazildi.

Qo`shimcha taymning 109 daqiqasida Janubiy Koreya terma jamoasi darvozamizga to`p kiritdi. Jarima maydonimizdagi pala-partishlikdan unumli foydalangan Son Xyon Min hisobni ochdi. Shuningdek, 109 daqiqada koreyslar ikkinchi golni ham urishdi. Ikkinchi gol muallifi ham Son Xyon Min bo`ldi.

Shu tariqa terma jamoamiz Osiyo kubogi musobaqalarini tark etdi, koreyaliklar esa o`yinlarni  davom ettiradi.

    Boshqa yangiliklar