AsosiyIqtisodiyot

Ustav jamg`armasi 5 million dollar bo`lgan KAMAZ ASIA LEASING” qo`shma korxonasi tashkil etildi

'Ustav jamg`armasi 5 million dollar bo`lgan KAMAZ ASIA LEASING” qo`shma korxonasi tashkil etildi'ning rasmi

Kuni kecha “UzAuto Trailer” kompaniyasi “KAMAZ” IChAJ bilan hamkorlikda yangi KAMAZ avtomobillarining shassisini yig`ish liniyasini rasman ishga tushirdi. Tantanali marosim Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanovning O`zbekiston Respublikasiga ishchi tashrifi doirasida o`tkazildi.

Tadbirni “UzAutoTrailer” MChJ va “KAMAZ” IChAJ AJ o`rtasida “KAMAZ ASIA LEASING” qo`shma korxonasini tashkil etish to`g`risidagi ta`sis hujjatlarini imzolash marosimi davom ettirdi.

Lizing kompaniyasining ustav fondi 5 mln dollarni tashkil qiladi, uning 2,5 mln. dollari Rossiya tomonining to`g`ridan-to`g`ri investisiyasidir.

Kutilishicha, qo`shma korxona “KAMAZ” avtomobillarini lizingga olish bo`yicha “yagona darcha” rejimida kompleks mahsulot taklif etadi, uning ichiga sug`urtalash, telematik jihozlar o`rnatish va boshqalar ham kiradi. Shuningdek, onlayn xizmat ko`rsatish va sadoqat dasturi ishga tushirilgan.

    Boshqa yangiliklar