Ohangaron tumani hokimi Abduvohid Turdiboev investision loyihalarni o`rganish jarayonida tumanda amalga oshirilayotgan “Sardorkom” MChJ meva-sabzavot klasteri va «Tct cluster milk and meat» MChJ chorvachilik kompleksi hamkori bo`lgan Murtaza Rahmatov bilan uchrashuv o`tkazdi.
Investor so`nggi vaqtda O`zbekistonda amalga oshirayotgan investison loyihalari xususida to`xtalib o`tdi. Xususan, u Quyichirchiq tumaniga umumiy qiymati 42 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan qishloq xo`jaligi texnikalarini olib kelgan, Buxoro viloyatida keyingi yilda 1000 gektar hududda bog` tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Bugungi kunda investor 14 ming ishchiga rahbarlik qilmoqda, ish hakining o`zi 50 mlrd. so`mni tashkil qiladi. 2 yil ichida ishchilar soni 17 mingga etishi kutilmoqda. Shuningdek, suhbat jarayonida Murtaza Rahmatov yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj mavjudligini ham ta`kidlab o`tdi.
Hozirda tuman hududidan investorga chovachilik va bog`dorchilik uchun er maydonlari ajratilgan va u ayni paytda turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlamoqda. Loyiha doirasida chorva kompleksi barpo etilib, go`shtni qayta ishlash orqali halol kolbasa, sosiska, tushyonka va boshqa mahsulotlar hamda em ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi. Mazkur ishlarning birinchi bosqichida investor tomonidan 14,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag` kiritiladi, Ohangaron tuman hokimligi Axborot xizmati.