AsosiyShou-biznes

“Xurram sulton” paparassilar nishonida

Mashhur “Muhtasham yuz yil” teleserialini suratga olish ishlari tugagan bo`lsada, serial va undagi aktyorlar hayotiga qiziqish hamon tugagani yo`q.

Yaqinda paparassilar Xurram Sulton rolini ijro etgan Maryam Uzerli hamda Rustam posho roli ijrochisi Ozan Gyuvenlarni birga suratga tushirishga muvaffaq bo`lishdi. Ikki aktyorning sayr qilib yurganini ko`rgan paparassilar bunday imkoniyatni qo`ldan chiqarishmadi. Turkiyalik bir tadbirkorga  ko`ngil qo`ygan Maryam Uzerli u  bilan munosabatlari barham topganini ma`lum qilgandan keyin parassilar uning hayotiga yanada qiziqib qolishdi. Serial davomida Maryam bilan Ozanning munosabatlari haqida hech qanday  gap-so`z bo`lmagandi lekin oxirgi paytlarda ularni tez-tez birga ko`radigan bo`lishgan.

    Boshqa yangiliklar