AsosiyIqtisodiyot

Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida juda ko`p soliqdan bo`yin tovlash holatlari aniqlandi

'Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida juda ko`p soliqdan bo`yin tovlash holatlari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan “M.G.P.” MChJ faoliyati yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda jamiyat rahbari M.Z. 2015 - 2019 yillarda jami 630,3 mln. so`mlik tovarlarni kirim hujjatsiz sotgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda darakchi.uz ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari jamiyat boshqaruvchisi hisobotlarida soliq solinadigan ob`ektlarini kamaytirib ko`rsatib, 718,1 mln. so`m miqdordagi yagona soliq to`lovini to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelganligi aniqlangan.

Xuddi shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan “C” MChJ faoliyati yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, jamiyat rahbari L.K. va norasmiy rahbari E.S.lar o`zaro til biriktirib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida 2019 yilning iyun-avgust oylaridagi faoliyati davomida bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun kelib tushgan 102,7 mlrd. so`mlik tovarlar va xizmatlar realizasiyasini hisobotlarda aks ettirmasdan 17,1 mlrd. so`m qo`shimcha qiymat solig`ini hisobotlardan yashirib, juda ko`p miqdordagi soliqlarni to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganliklari hamda 64,8 mlrd. so`m tovarlar realizasiyasidan tushgan naqd pul mablag`larini bank muassasasiga topshirmaganligi aniqlangan.  

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar