Endi quritilgan qovunni O`zbekiston butun dunyoga eksport qilishi mumkin.
BMTning Evropa Ittifoqi bo`yicha Iqtisodiy komissiyasi O`zbekiston tomonidan taqdim etilgan quritilgan qovun standartini qabul qildi. Bu haqda "O`zstandart" matbuot xizmati xabar berdi.
"O`zbekoziqovqatxolding” XK “O`zstandart” agentligi bilan xamkorlikda EIIKga ilk marotaba quritilgan qovunning xalqaro bozor standartini kiritdi va bu standart rasman komissiya tomonidan qabul qilindi.
Mazkur standart eksportchilarimizga quritilgan qovunni butun dunyoga eksport qilishga imkonyat beradi", - deyiladi xabarda.
Bundan buyon o`zbekistonlik tadbirkorlar quritilgan qovun standartini o`zining ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilishi mumkin. Eksport qilinadigan qovun qoqi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- iste`mol qilishga tayyor bo`lishi;
- toza, yot jismlardan xoli bo`lishi;
- tirik zararkunanda hashorotlar va ularning tuxumlaridan xoli bo`lishi;
- hashorotlar faoliyatining izlari ham bo`lmasligi;
- tarkibida rangi boshqa joyidan farq qiluvchi dog`lar bo`lmasligi;
- mog`orlash, chirish alomatlari bo`lmasligi;
- namlik darajasi belgilangan miqdor chegarasida bo`lishi;
- mahsulotga xos bo`lmagan hid, ta`m bo`lmasligi;
- biroz tuz, limon kislota yoki konservantlar bo`lishi mumkin;
- transportirovka jarayonida o`z xususityalarini yo`qotmasligi kerak.
Ayni paytda “O`zbekoziqovqatxolding” XK muttaxasislari “Eryong`oq” va moshning xalqaro bozor standartlari ustida ish olib bormoqdalar. Standartning batafsil nashri tadbirkorlar uchun foydalanishga “O`zbekoziqovqatxolding” XK tomonidan taqdim etiladi.