AsosiyDunyo

Yangi tug`ilgan pakana begemot YouTube yulduziga aylandi

YouTube’da yangi tug`ilgan pakana begemot ishtirokidagi video yarim milliondan ortiq marta tomosha qilindi, deb yozadi «Rossiyskaya gazeta». Jonivor Londondagi Vipsneyd hayvonot bog`ida Yangi yil arafasida dunyoga kelgan.

Zoopark saytida qayd etilishicha, chaqaloqning onasi — Flora laqabli pakana begemot saraton kasalligiga chalingan. Biroq og`ir xastalik homilaga ta`sir qilmagan.

Yangi pakana begemotning tug`ilishi hayvonot bog`i uchun ahamiyatli voqea bo`ldi: ushbu tur yo`qolib ketish xavfi ostida turibdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar